03:44 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
85711

Shanba kuni AQSH boshchiligidagi koalitsiya samolyotlari Dayr az-Zor yaqinida Suriya hukumati qoʻshnlariga zarba berdi. Oqibatda 62 Suriya askari qurbon boʻldi va 100ga yaqin kishi jarohatlandi. Ushbu voqea yuzasidan Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.

TOSHKENT, 18 sen — Sputnik. AQSH boshchiligidagi koalitsiya Dayr az-Zor yaqinida 17 sentyabr kuni bergan zarbasidan 62 Suriya askari qurbon boʻldi, 100ga yaqin kishi jarohatlandi, RIA Novosti xabariga asosan.

Koalitsiya samolyotlari shanba kuni toʻrt zarba amalga oshirdi. Pentagon vakili aytishiga qaraganda, ular “Islom davlati” pozitsiyalariga zarba berayapmiz deb oʻylagan ekan. Rossiyalik harbiylar xabaridan keyin ular zarba berishni toʻxtatgan. Zarba berish toʻxtatilgan zamon ekstremistik guruh jangarilari hujumga oʻtgan.

Suriya hukumati BMT Xavfsizlik kengashiga Suriya armiyasi pozitsiyalariga AQSH tomonidan berilgan zarbalar borasida chora koʻrishni soʻrab ikki maktub yoʻlladi.

Ushbu zarbalar nafaqat Rossiya va Suriya hukumati tomonidan, balkim Suriya muxolifat kuchlari tomonidan ham keskin qoralandi.

Suriya muxolifati kengashi maslahatchisi Yahyo Aridi ushbu zarbalar AQSH tomonidan jangarilar pozitsiyalarini mustahkamlash uchun ishlatilishi mumkin, dedi. Suriya demokratik forumi partiyasi aʼzosi Samir Aitaning fikriga koʻra, ushbu “yanglishib berilgan zarba”, “Islom davlati”ga qarshi qaratilgan barcha saʼy-harakatlarni puchga chiqarishi mumkin.

“Xmeymim” muxolifat guruhi vakili Mais Kride “qurbon boʻlganlar Suriya fuqarolari edi. Demak AQSH Suriyaga zarba bermoqda, dedi. Uning fikriga koʻra Vashington terrorchilarga qarshi rostakam kurash olib borayotgani yoʻq.

Rossiya Davlat Dumasi Mudofaa qoʻmitasi raisi Andrey Krasovning fikriga koʻra, oʻz hatti-harakati bilan AQSH xalqaro terrorchilik bilan kurashishni rejalashtirmayotganini namoyon qildi.

Rossiya TIVining rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa “AQSH hukumat qoʻshlarini qanday “himoya” qilishini namoyon qildi”,  — dedi.

“AQSH oʻz hatti-harakati bilan Moskva bilan oldin erishilgan shartnomalardan voz kechayotganini namoyish qildi. Bu esa Rossiya uchun, Suriya hukumati talabiga binoan, Suriya hududidan chet el qoʻshnlarini olib chiqishga yetarli asos boʻlishi mumkin”, — deb hisoblaydi Davlat dumasi deputati Sergey Gavrilov.

AQSH tomonidan aviazarba berilgan zahotiyoq, Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining (XK) favqulodda majlisini chaqirdi.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin AQSH nafaqat oʻt ochmaslik majburiyatini, balkim hukumat qoʻshnlariga zarba bermaslik haqida, Suriya hukumatiga bergan vaʼdasini ham unutdi. Rossiyalik diplomat AQSH havo kuchlari “tasodifan adashganiga” ishonish qiyinligini ham taʼkidladi.

AQShning BMTdagi  doimiy vakili Samanta Pauyer boʻlib oʻtgan voqeaga oʻzgacha tus berishga urindi. Majlis oldidan jurnalistlarga boʻlib oʻtgan voqeada Rossiyani aybdor, hatto BMT XKning favqulodda majlisi chaqirilishini ham “surbet va ikkiyuzlamachi qiliq” deb atadi. Majlis vaqtida esa, Pauyer Rossiya vakili nima deb gapirsa ham unga qiziq boʻlmasligini, bularning hammasi hiyla-nayrang ekanligini aytib, toʻnini teskari kiyib oldi.

Asosiy mavzular