Nyu-Yorkdagi bino tomidan 20-yildan buyon turgan Lenin haykali olib tashlandi

© Sputnik / Nikolay Kozlovskiy / Mediabankka o‘tishLenin haykali
Lenin haykali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Balandligi besh metr bo‘lgan Lenin haykalini sobiq sovet haykaltaroshi Yuriy Gerasimov ishlagan.

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Nyu-Yorkdagi "Qizil maydon" deb nomlanuvchi bino tomida 20-yildan buyon turgan Lenin haykali olib tashlandi, deb xabar beradi RIA Novosti Curbed nashriga tayanib.

Nashrning ma’lum qilishicha, haykalning olib tashlanishiga binoning Dermot Company kompaniyasi tomonidan sotib olinishi sabab bo‘lgan.

Haykalning keyingi taqdiri haqida aniq ma’lumot yo‘q, lekin Curbed manbalarining aytishicha, uni "Qizil maydon" loyihasi muallifi Maykl Rozen o‘z tasarrufiga olmoqchi.

Balandligi besh metr bo‘lgan Lenin haykalini sobiq sovet haykaltaroshi Yuriy Gerasimov ishlagan bo‘lib, ittifoq parchalinb ketgani bois bu haykal hech qayerga o‘rnatilmagandi. Keyinroq haykalni "Qizil maydon" egalaridan biri ko‘rib qolgan va haykal bino tomiga o‘rnatilgan.

Yangiliklar lentasi
0