04:11 14 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Dunyoda
Havola olish
500831

Bunga AQSH va NATO oʻz xavfsizligini Rossiya hisobidan qurishga qaror qilgani sabab boʻlgan.

TOSHKENT, 16 okt – Sputnik. Rossiya va AQShning bugungi kungi munosabati “sovuq urush” davri munosabatlari darajasiga yetib bordi, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin,  Assoshiyeyted press nashriga bergan intervyusida.

“Mening fikrimcha, bugungi kunda umumiy vaziyat juda yomon, munosabatlar 1973 yildan buyon eng yomon darajaga yetgan boʻlishi mumkin”, — dedi u.

Munosabatlarning bunday yomonlashuviga maʼlum voqealar zanjiri sabab. “Birinchi navbatda bu – oʻzaro hurmatning mutlaq yoʻqligi va siyosiy masalalarning chuqur muhokama qilinmayotgani”, — dedi Churkin.  

Diplomatning soʻzlariga qaraganda, AQSH va NATO oʻz xavfsizlik tizimini “Rossiya hisobidan” kengaytirishga qaror qilishdi. Ushbu maqsadda ular Sharqiy Yevropa mamlakatlarini NATOga qabul qilishdi. 2008 yilda NATO sammitila Gruziya va Ukrainani ushbu tashkilotga qabul qilib ular eng yirik fitnani amalga oshirishdi.

“Sabr kosasining sinishi” esa – Ukrainadagi davlat toʻntarilishi va Donbassdagi urush boʻldi, dedi Vitaliy Churkin.

Jiddiy kelishmovchiliklarga qaramasdan tomonlar hamkorlik qilishda davom etmoqda. Eron yadroviy kelishuvi va BMT Xavfsizlik kengashining Suriya boʻyicha rezolyutsiyasi muvaffaqiyatli hamkorlik misoli ekanligini esga oldi, BMTdagi doimiy vakil.

Churkinning soʻzlariga qaaganda, Moskva Vashington bilan munosabatlarni yaxshilash tarafdori. “AQShda prezident maʼmuriyati almashuvi bunga imkoniyat yaratsa – aʼlo ish boʻlar edi”, — dedi Rossiya vakili.

Asosiy mavzular