10:57 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
55312

Turkiya janubi-sharqida joylashgan Diyorbaqir shahrida minalashtirilgan avtomobil portladi

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Diyorbaqir shahridagi Xavfsizlik boshqarmasi binosi yonida katta portlash sodir boʻldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Hozirga qadar olingan maʼlumotlarga koʻra, bino yaqinida minalashtirilgan avtomobil portlagan. OAVlarda berilgan xabarlarga koʻra, kamida bir kishi halok boʻlgan, yana 30 nafari jarohat olgan.

Turkiya politsiyachilari hodisa roʻy bergan hududni qurshab olganlar. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, atrofda tez tibbiy yordam mashinalari toʻlib ketgan.

Eslatib oʻtamiz, Diyorbaqirda Qurdiston Ishchilar partiyasi aʼzolari tomonidan bu kabi aktsiyalar bundan oldin ham bir necha bor amalga oshirilgan.

Asosiy mavzular