Savchenko Radada "qo‘ylar" ishlaydi, deb aytdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishUkraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savchenko
Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savchenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Sizlar hech kimni himoya qilmaysiz va adolatli tarzda ish olib bormaysiz... Aslida, hammangiz - qo‘y", - deb aytgan Savchenko

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savchenko deputatlar uning qonunchilik loyihalariga tuzatishlar kiritayotganidan bag‘oyatda norozi bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti "112 Ukraina" telekanaliga tayangan holda.

Ukrainalik deputat Nadejda Savchenko - Sputnik O‘zbekiston
Savchenko Poroshenkoga prezidentlik kursisini Yanukovichga bo‘shatib berishni maslahat berdi
"Sizlar himoya qilmaysizlar va adolatli ish yuritmaysizlar. Sizlar siyosatdan o‘z manfaatlaringiz yo‘lida foydalanyapsizlar va bu bilan odamlarga yana bir marta qo‘yliklaringizni isbotlayapsizlar. Farqi, bitta qo‘y ikkinchisidan ko‘ra "shohdorroq". Aslida hammangiz — qo‘y", — deb aytgan sobiq uchuvchi telekanalga bergan intervyusida.

Avvalroq Savchenko sudgacha hibsga olinishni ikki kunlik qamoqqa tenglashtirish taklifi bilan chiqqan edi. Ammo, taklif etilgan tuzatishlarga muvofiq, qonun retsidivistlarga joriy etilmaydi. Savchenkoning fikriga ko‘ra esa, tergov qo‘mitasi aynan ana shundaylarga osonlikcha ayblov qo‘yib qo‘yishi mumkin.

"Deputatlar "erinchoq" bo‘lgani uchun, ularni "shunday tizim qoniqtirgani uchun"ham hech narsani o‘zgartirishni xohlashmaydi", — deya ta’kidlagan telekanalga Savchenko.

Yangiliklar lentasi
0