23:43 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
11312

Gavana shahrida Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro hokini mamlakat boʻylab olib oʻtish marosimi boshlandi

TOSHKENT, 30 noya — Sputnik. Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastro hoki ortilgan kolonna chorshanba kuni mamlakat janubi-sharqi, poytaxtdan 900 km masofada joylashgan Santyago-de-Kuba shahriga qarab yurishni boshladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Motam marshi Kuba vaqti bilan 07.15da boshlangan.

Marosim Gavanadagi Inqilob maydonidan boshlangan. Kuni kecha bu yerga Fidel Kastro bilan vidolashish uchun bir millionga yaqin kubaliklar tashrif buyurishgan edi. Miting yakunida Fidel Kastroning ukasi Raul Kastro soʻzga chiqib, "Kuba xalqi oʻz kurashini davom ettirishini" aytgan edi.

Kolonna marshruti boʻylab Kuba inqilobi yetakchisi — Fidelni soʻnggi manzilga kuzatgani kelganlardan iborat "devor" hosil boʻlgani xabar qilinmoqda.

Kastro kuli 4 dekabr kuni Santyago shahrining "Santa Ifigeniya" qabristoniga qoʻyiladi.

Eslatib oʻtamiz, Fidel Kastro 25 noyabr kuni 90 yoshida vafot etgan edi. Kubada 9 kunlik motam eʼlon qilindi, davlat bayroqlari tushirildi, barcha bayram tadbirlari bekor qilindi.

Fidel Kastroning dafn marosimida 27 davlat delegatsiyalari ishtirok etishi kutilmoqda.

Teglar:
vidolashuv, inqilob maydoni, siyosat, motam, oʻlim, dafn tadbiri, Raul Kastro, Fidel Kastro, Kuba

Asosiy mavzular