06:58 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
23811

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev 30 noyabr kuni AQShning yangi saylangan prezidenti - Donald Tramp bilan boʻlib oʻtgan telefon suhbati chogʻida "Rossiya-Amerika hamkorligini chuqurlashtirish mumkin boʻlgan" uchta asosiy sohalarni belgilab berdi

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon suhbatini oʻtkazgan.

RIA Novosti xabariga koʻra, Nursulton Nazarboyev telefon suhbati davomida Trampni "tarixiy gʻalabasi bilan" bilan tabriklagan. Tramp esa oʻz navbatida Nazarboyevni Qozogʻiston Mustaqilligining 25 yilligi bilan tabriklagan va tez orada uchrashish istagi borligini bildirgan.

Tramp va Nazarboyev "mintaqaviy hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash naqadar muhim"ligi yuzasidan ham muhokama oʻtkazdilar, deb yozadi nashr. Sputnik Qozogʻiston xabariga koʻra, boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida "Tramp Qozogʻiston Nursulton Nazarboyev boshqaruvi ostida mustaqillik yillarida fantastik muvaffaqiyatlarga erishgan". "Bu muvaffaqiyatlarni moʻʼjiza deb atash mumkin", deb qoʻshimcha qilgan Tramp.

Nazarboyev suhbat davomida respublika oʻz yadroviy arsenalidan ixtiyoriy ravishda voz kechganligi va xalqaro hamjamiyat bilan yadrosiz dunyo uchun kurashni davom ettirishga tayyorligini bildirgan.

Tramp Nazarboyevning ushbu pozitsiyasiga toʻliq qoʻshilishini aytgan.

"Yadroviy qurolsizlantirish va tarqatmaslikdan muhim masala yoʻq. Uni global kontekstda hal etish lozim", — deb taʼkidlagan AQShning yangi saylangan prezidenti.

Nursulton Nazarboyev shuningdek, AQShning yangi saylangan prezidentiga "Rossiya-Amerika hamkorligini chuqurlashtirish mumkin boʻlgan" uchta asosiy sohalarni taklif qilgan.

Nazarboyev fikriga koʻra, AQSH Rossiya bilan "terrorizmga qarshi kurash, Ukrainadagi inqirozni tartibga solish va global yadroviy xavfsizlikni mustahkamlash" sohalarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi mumkin.

Oʻz navbatida, Tramp "Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbati yakunlarini hisobga olgan holda, Vashington va Moskva oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollariga katta umid bilan qarayotganini" aytgan.

Tomonlar shuningdek, savdo-iqtisodiy, shu jumladan doʻstona Qozogʻiston va Amerika munosabatlarini yangi darajaga koʻtarishga tayyorliklarini bildirganlar.

Teglar:
mustaqillikning 25 yilligi, savdo, yadrosiz dunyo, hamkorlik, amerika, tomonlar, telefon suhbati, yadroviy dastur, siyosat, uchrashuv, uchrashuv, Putin, Navoz Sharif, Donald Tramp, Nazarboyev, Oʻzbekiston, Pokiston, AQSH, Amerika, Qozogʻiston

Asosiy mavzular