05:56 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
68311

"Rossiya Qirgʻizistonning strategik hamkorlari boʻlib qoladi, ammo harbiy masalada respublika oʻz kuchlariga tayanishi lozim", - deb bayonot qildi Atambayev yil yakunlariga bagʻishlangan matbuot-anjumani davomida

TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Rossiya harbiy bazasi Qirgʻizistondan "ketishi kerak" deb bayonot qildi Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev. RIA Novosti xabari asosida.

"Mening fikrimcha, "Gansi" bazasi (Qirgʻiziston poytaxtidagi xalqaro aeroportda joylashgan AQSH harbiy bazasi, Atambayevning qarori bilan mamlakatdan chiqarilgan edi, tahr.) yuzasidan qarorimiz juda ham toʻgʻri boʻlgan. Bu kimgadir yoqadimi, yoʻqmi, men shunday fikrdaman. Oradan besh yil oʻtdi va vaqt oʻsha qaror toʻgʻri qabul qilinganligini koʻrsatdi. Qirgʻiziston kelajakda faqat oʻz kuchlariga tayanishi kerak. Bu Rossiya bazasiga ham tegishli", — deb taʼkidladi Atambayev jurnalistlarning savollariga javob berar ekan.

Atambayevning soʻzlariga koʻra, shartnoma muddati tugashi bilan Rossiya harbiy bazasi "Qirgʻiziston hududini tark etishi lozim".

"Balki bu kimgadir yoqmas, ammo men bu fikrni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yetkaza oldim, va u meni tushundi", — deya alohida taʼkidladi Atambayev.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻizistonda Rossiyaning umumlashtirilgan harbiy bazasi joylashgan. 2009 yilda shartnoma muddatini avtomatik ravishda 25 yilga choʻzish sharti bilan 49 yilga uzaytirilgan.

Teglar:
bayonot, prezident, Gansi, AQSH, harbiy baza, Putin, Almazbek Atambayev, Rossiya, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular