22:37 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
146411

1994 yilda hibsga olingan va 1995 yilda qatl qilingan Ne Shubin 21 yoshda boʻlgan

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Xitoyda sud 21 yil oldin ayol kishini zoʻrlash va qasddan oʻldirishda ayblangan va qatl qilingan erkakni aybsiz deb topdi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti Sinxua agentligiga tayangan holda.

Ne Shubin 1995 yilda qatl qilingan. Oʻsha vaqtda u 21 yoshda boʻlgan.

Yigit 1994 yilda hibsga olingan. Ne Shubin Shitszyachjuana shahri(Xebey provintsiyasi)da yashovchi ayolni makkajoʻxori dalasida zoʻrlashda va qasddan oʻldirishda ayblangan. 1995 yilning may oyida yigit sud tomonidan oʻlim jazosiga mahkum etilgan.

Ayblanuvchi sud hukmidan norozi boʻlib, shikoyat arizasini yozgan, ammo sud qarori oʻz kuchida qoldirilgan va hukm ijro etilgan.

Oradan oʻn yil oʻtgach, yaʼni 2005-yilning 18 yanvarida Xitoyda jinoiy kirdikorlari bilan dong taratgan zoʻravon va manyak Van Shutszin Shitszyachjuana shahridagi qotillikni ham shaxsan oʻzi amalga oshirganini tan olgan. Sud zoʻravonni oʻlim jazosiga mahkum etgan, ammo Van Shutszin apellyatsiyaga bergan. Ayni vaqtda sud hukmni qayta koʻrib chiqmoqda.

Aytib oʻtish joizki, Xitoyda bu kabi voqea ilk marotaba roʻy berayotgani yoʻq. 2015-yilning fevral oyida Ichki Mongoliya avtonom tumani sudi manyak Chjao Chjixunni qatl qilgan. Aytish joizki, Chjixun amalga oshirgan qotilliklar uchun 1996 yilda begunoh 18 yashar yigit oʻlim jazosiga hukm qilingan va ushbu xato 2014-yilda toʻgʻrilangan, yaʼni hukumat sud hukmi yanglish amalga oshirilganini tan olgan. Oʻshanda hukumat sudda ishtirok etgan yosh yigitning ota-onasidan uzr soʻrab, ularga 330 ming dollar badal puli toʻlagan.

Teglar:
appelyatsiya, sud, qotillik, zoʻrlash, Xitoy, qatl qilingan, qatl, Xitoy

Asosiy mavzular