20:38 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
52711

Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili oʻzi tomonidan Ukrainada tashkil qilingan partiyani rivojlantirish uchun mablagʻ toʻplashni boshlaganini eʼlon qildi

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Saakashvili "Ukrainani qudratli davlatga aylantirish uchun" pul yigʻishni boshlaganini eʼlon qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Odessa viloyatining sobiq gubernatori, Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvili oʻzi tomonidan Ukrainada tashkil qilingan partiyani rivojlantirish uchun mablagʻ toʻplashni boshlaganini eʼlon qildi", — deyiladi xabarda.

Ilgariroq Saakashvili oʻz safdoshlari Ukraina regionlarida "Yangi kuchlar harakati" siyosiy partiyasini tashkil qilish boʻyicha ish boshlayotganlari haqida eʼlon qilgan edi.

"Buni amalga oshirishning iloji borligiga ishonamiz. Biz ishni oʻzimizdan boshladik. Biz avval boshdanoq davlat bilan halol munosabatlarni oʻrnatmoqchimiz va "Yangi kuchlar harakati"ni rivojlantirish uchun mablagʻ toʻplashni boshlaganimizni eʼlon qilmoqdamiz. Biz oʻz oldimizga Ukrainani oʻta qudratli davlatga aylantirishni maqsad qilib qoʻyganmiz. Kimda kim bizga qoʻshilmoqchi boʻlsa — ilova boʻyicha oʻting va bizlarni qoʻllab-quvvatlang", — deb yozgan Saakashvili oʻzining Feysbukdagi sahifasida.

Eslatib oʻtamiz, Saakashvili oʻz isteʼfosi haqida joriy yilning 7 noyabrida eʼlon qilgan edi.

Saakashvili ushbu qarorni Ukraina hukumatining korruptsiyaga qarshi kurashishni istamasligi tufayli qabul qilganini eʼlon qilgan. Bundan tashqari, siyosatchvi Pyotr Poroshenkoni regionda jinoiy "klan"larga "homiylik" qilishda ham ayblagan.

Oradan koʻp oʻtmay Ukraina prezidenti Saakashvilining lavozimdan boʻshatish haqidagi qarorga imzo chekdi. Sobiq gubernator Ukraina Radasiga muddatdan oldingi saylovlarni tashkil etib, mamlakatda oʻz siyosiy kuchini tashkil qilish niyatida ekanligini aytmoqda.

Teglar:
Odessa, gubernator, qudratli davlat, pul, partiya, Poroshenko, Mixail Saakashvili, Ukraina

Asosiy mavzular