08:04 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
61611

Ukraina prezidenti odamlar xotirasidagi sobiq Ittifoqni "koʻmish"ga tayyorligini bildirdi

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Ukraina rahbari Petr Poroshenko, "sobiq Ittifoq to shu kunga qadar ham oʻz faoliyatini toʻxtatgani yoʻq, u "odamlar ongida" yashamoqda, Kiyev esa uni "koʻmish" uchun jang qilmoqda", — deya bayonot qilgan.

"Sobiq Sovet Ittifoqi hujjatlarda yoxud Belovej pushchasida qolgan emas. Sovet Ittifoqi — odamlar ongida. Va shu maʼnoda Sovet Ittifoqi hozirga qadar "dafn etilmagan". Va, ochigʻini aytayotganim uchun uzr soʻrayman, Ukraina hozirda ayrimlarning miyasidagi Sobiq Ittifoqni "koʻmish" uchun jang qilyapti, chunki urush ochish uchun boshqa sabab yoʻq", — deya bayonot qilgan Poroshenko Ukraina Mustaqilligining Polsha tomonidan tan olingani 25 yilligi munosabati bilan soʻzlagan nutqida.

Poroshenkoga koʻra, Ukraina "sovet mustamlakasi" boʻlishni istamagani uchun ham mustaqillikka erishgan.

Ukrainada 2015 yilning may oyidan boshlab "kommunistik va fashizm tuzumini qoralovchi" qonun amal qilib keladi.

Hujjat sovet davlat arboblari sharafiga atalgan shahar va koʻchalar nomini qayta nomlashni nazarda tutadi. Ukraina Milliy xotira instituti yuqoridagi qonunga mos kelmaydigan 520 nafar tarixiy shaxslar roʻyxatini eʼlon qilgan boʻlib, ularning nomlari joʻgʻrofiy atamalardan butkul olib tashlanishi aytilgan edi.

Jumladan, Ukrainada Vladimir Leninga qoʻyilgan 1,2 ming haykallar yoʻq qilingan va mingga yaqin aholi yashash joylari qayta nomlangan.

Teglar:
siyosat, nutq, 25 yillik, xotira, sobiq Ittifoq, SSSR, Poroshenko, Polsha, Rossiya, Ukraina

Asosiy mavzular