Putin ham adashadi: Rossiya prezidenti xatosini to‘g‘rilagani uchun Verbiskayaga rahmat aytdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin talaffuzdagi xatosini to‘g‘rilagani uchun Rossiya ta’lim akademiyasi prezidenti Lyudmila Verbiskayaga minnatdorchilik bildirdi

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Rossiya Ta’lim Akademiyasi prezidenti Lyudmila Verbiskaya Vladimir Putinning iltimosiga binoan uning og‘zaki nutqdagi xatolarini to‘g‘rilab turadi. Putin aynan shu munosabat bilan Verbiskayaga minnatdorchilik bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Lyudmila Alekseyevnaga minnatdorchilik bildirmoqchi edim. U mening iltimosimga binoan talaffuzimdagi xatolarni muntazam to‘g‘rilab boradi va rus tilidagi ko‘nikmalarimni yanada oshirishga yordam berib keladi", — deya o‘z minnatdorchiligini bildirgan Rossiya prezidenti.

Nashrda yozilishicha, Putin rus tili bo‘yicha savollar tug‘ilganda, maslahat olish uchun har doim Verbiskayaga qo‘ng‘iroq qilar ekan. Tezkor maslahat kerak bo‘lib qolganda, Putin Verbiskayaga hatto, samolyot bortidan turib ham qo‘ng‘iroq qilishi mumkin, deb yozadi nashr.

Yangiliklar lentasi
0