02:54 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
199769

"Men Putinga savdoda mahalliy valyutalarga oʻtish taklifini bildirdim", - deb taʼkidladi Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon

TOSHKENT, 4 dek — Sputnik. Rasmiy Anqara Moskvaga ikki davlat oʻrtasidagi savdo-sotiq munosabatlarida milliy valyutadan foydalanish taklifini bildirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Men Putinga (Rossiya prezidenti Vladimir Putinga) quyidagi taklifni bildirdim: keling, oʻzaro savdoda mahalliy valyutalarga oʻtamiz, dedim. Sizlardan xarid qiladigan barcha tovarlarga rublda toʻlayman, mendan xarid qiladigan narsalaringiz uchun esa turk lirasida toʻlovni amalga oshirasiz, dedim", — deb taʼkidlagan Erdoʻgʻon Istanbul shahrida yangi ochilgan savdo markazida ishtiroki davomida.

Erdoʻgʻon, Turkiya savdo-sotiqda milliy valyutaga oʻtish taklifini, shuningdek, Xitoy va Eron tomonga bildirganini ham qoʻshimcha qilgan. "Bu taklif ular tomonidan qabul qilindi", — deb taʼkidlagan Turkiya rahbari.

Oltin. Arxiv surat
© Sputnik / Aleksandr Kondratyuk
"Hozirda Markaziy banklarimizga tegishli topshiriqlarni berganmiz va tashqi munosabatlarni bu yoʻlga oʻtkazishga harakat qilamiz", — deb bayonot qilgan Erdoʻgʻon.

Toyib Erdoʻgʻon oʻz chiqishi davomida Turkiya fuqarolariga valyuta — bu bosim oʻtkazish ыuroli ekanligini taʼkidlagan holda, barcha yigʻib qoʻygan omonatlarini oltin yoki turk lirasiga almashtirishga chaqirgan.

"Nima uchun biz oʻz omonatlarimizni bosim vositasiga aylantirishimiz kerak ekan? Pullarini toʻshagi tagida saqlayotganlarga maslahatim — omonatlaringizni lira yoki oltinga almashtiring. Keling, milliy boyliklarimizni qoʻllab-quvvatlaymiz. Bu Turkiyaga bosim oʻtkazishni xohlayotganlar uchun yaxshigina zarba boʻladi. Gʻam chekmang, sizlar yutqazmaysizlar", — deb qoʻshimcha qilgan Erdoʻgʻon.

Teglar:
Istanbul, lira, rubl, Turkiya, dollar, Erdoʻgʻon, Putin, Turkiya, Rossiya

Asosiy mavzular