22:00 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda

Oʻzbekiston qator davlatlar sayyohlari uchun viza tartibini bekor qildi

Dunyoda
Havola olish
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
220352

2017 yil 1 aprelidan boshlab Oʻzbekiston 15 mamlakat sayyohlari uchun viza tarbini bekor qilmoqda. Shuningdek, viza tartibi 12 davlatning 55 yoshdan oshgan sayyohlari uchun ham bekor qilinadi

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Oʻzbekiston 2017 yilning 1 aprelidan boshlab yangi tartibni joriy etmoqda, unga koʻra, dunyoning 15ta mamlakatidan boʻlgan sayyohlar uchun viza tartibi toʻliq bekor qilinadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Oʻzbekiston respublikasining yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farmoniga muvofiq, viza tartibi bekor qilingan mamlakatlar qatoridan: Avstraliya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandlar, Koreya Respublikasi, Singapur, Finlyandiya, Shveytsariya va Yaponiya oʻrin olgan.

Bundan tashqari, viza tartibi:  Belgiya, Indoneziya, XXR (turistlar guruhi tarkibida), Malayziya, AQSH, Frantsiya, Vyetnam, Isroil, Polsha, Vengriya, Portugaliya va Chexiya singari 12 davlatning 55 yoshdan oshgan sayyohlari uchun ham bekor qilingan.

Mamlakatga vizasiz kirish tartibi 30 kundan ziyod boʻlmagan muddatda sayyohlik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi chet el fuqarolariga nisbatan qoʻllaniladi.

Farmonga muvofiq, yuqorida koʻrsatib oʻtilgan davlatlar fuqarolari Oʻzbekistonga kirishda 50 AQSH dollari miqdorida kirish yigʻimini toʻlaydilar. Kirish yigʻimi toʻlanganini tasdiqlovchi hujjat mamlakatga kirish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan viza tartibini soddalashtirish boʻyicha chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilgan. 2018-yildan boshlab vizani elektron tizim orqali qoʻlga kiritish tartibi joriy etilishi rejalashtirilgan.

Mutasaddi davlat tashkilotlariga kelgusi yilning apreligacha boʻlgan muddatda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganchdagi xalqaro aeroportlarda respublikaga kelayotgan va undan ketayotgan chet ellik sayyohlar uchun pasport va bojxona nazorati, yuklarni olish va transport xizmati soddalashtirilgan "yashil koridor" bojxona nazorati tizimini joriy etish boʻyicha zarur choralarni amalga oshirish vazifasi topshirilgan.

Bundan tashqari, Respublikaning aeroport va vokzallarida chet el fuqarolariga qoʻshimcha qulaylik yaratish hamda jarayonlarni tezlashtirish maqsadida rezident va norezidentlar uchun alohida pasport nazoratidan oʻtish tashkil etish rejalashtirilgan.

Mavzu:
Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev: islohotlar va tayinlovlar (72)
Teglar:
farmon, bekor qilindi, viza, sayyohlar, Shavkat Mirziyoyev, Avstraliya, Avstriya, Velikobritaniya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandы, Respublika Koreya, Singapur, Finlyandiya, Shveytsariya i Yaponiya

Asosiy mavzular