13:49 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
60611

Almazbek Atambayev davlat xizmatchilarining daromad manbaini tekshirish vakolatiga ega boʻladigan maxsus mexanizmni yaratish zarur, deb aytdi

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayevga koʻra, bordiyu mansabdor shaxs oʻz daromadi va mol-mulkining qonuniyligini isbotlash imkoniga ega emass ekan, ularni davlat foydasiga musodara qilmoq kerak. Sputnik Qirgʻiziston xabariga koʻra.

Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan soʻzlagan nutqida, Qirgʻiziston prezidenti, shuningdek, keyingi yillarda rasmiy Bishkek davlat boshqaruvi tizimida korrputsiyani tomiri bilan sugʻurib tashlash uchun jiddiy harakatlarni amalga oshirganini aytib oʻtgan.

"Davlat xizmatchilari daromad manbaini tekshirish uchun maxsus mexanizmlarni yaratish muhim ahamiyatga ega. Bordiyu, mansabdor shaxs oʻz daromadi va mol-mulkining qonuniyligini isbotlash holatida emas ekan, ularni davlat foydasiga musodara qilmoq kerak. Zero, shu bilan toʻplanib qolgan ijtimoiy masalalarimiz oʻz yechimini topsa", — deb aytgan Atambayev.

Qirgʻiziston prezidenti davlat organlari maksimal darajada shaffof holatga keltirish uchun qoʻldan kelgancha harakat qilish kerakligini qoʻshimcha qilgan.

"Bularning barchasi fuqarolarimizning davlat institutlariga boʻlgan ishonchini qaytarish uchun kerak", — deb aytgan Atambayev.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻizistonda barcha davlat xizmatchilari daromad deklaratsiyasini toʻldirishlari shart etib belgilangan.

Teglar:
mansabdorlar, mol-mulk, davlat, musodara, Almazbek Atambayev, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular