07:56 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
39504

AQSH prezidenti Barak Obama Suriya muxolifat guruhlariga qurol yetkazib berishga doir rasmiy cheklovni bekor qildi

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. AQSH prezidenti Barak Obama payshanba kuni Suriyada terrorchilikka qarshi kurashayotgan AQSH ittifoqchilariga qurol-yarogʻlar va harbiy texnika yetkazib berishga boʻyicha taʼqiqni bekor qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Nashr xabariga koʻra, Obamaning AQSH Davlat kotibi va AQSH Mudofaa vaziri nomiga yoʻllangan ushbu haqdagi memorandumi Oq uy matbuot-xizmati tomonidan ommaga eʼlon qilingan.

Xabarda aytilishicha, memorandum — AQShga va u boshchiligidagi koalitsiyaga Suriyadagi jangarilar nazoratida boʻlgan Rakka shahrini ozod etishga yordam beradi.

"Chet ellik harbiylarga, vaqtincha xizmatda boʻlgan harbiylarga, Suriyadagi terrorchilikka qarshi kurashga jalb qilingan guruhlar va alohida shaxslarga qurol-yarogʻ yetkazib berish va shunga aloqador xizmatlarni amalga oshirish — AQSH milliy xavfsizligini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi", — deyilgan hujjat matnida.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Mixail Bogdanov Obamaning ushbu qarorini keskin qoraladi. Rossiya tomon AQSH va uning ittifoqchilarining Suriya muholifat kuchlariga sifatli va yangi qurol-aslahalar, shu jumladan, zenit vositalari yetkazib berilishi — samarasiz harakat ekanligini hamda bu qurolallar Qoʻshma Shtatlarning oʻzlariga qarshi ishlatilishi mumkinligini taʼkidlamoqda.

Eslatib oʻtamiz, AQSH Suriyani terrorchilarga sherik boʻlgan davlatlar roʻyxatiga kiritgan, shu bois, u yerga qurol-aslaha yetkazib berish uchun Oq uy rahbari har safar maxsus qaror chiqarishi lozim. Obamaning  ushbu qarori AQSH Mudofaa vaziri bu haqda Kongressni rasman ogohlantirgandan soʻng 15 kun oʻtib kuchga kiradi.

Teglar:
koalitsiya, Suriya, xavfsizlik, harbiy texnika, cheklov, qurol-yarogʻ, Obama, Saudiya Arabistoni, AQSH

Asosiy mavzular