22:17 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
2079 0 0

Ilgariroq Oʻzbekiston 27 davlat fuqarolariga viza tartibini bekor qilgani haqida xabar bergan edik. Qirgʻiziston ham qoʻshnisidan ibrat oldi yoki undan ortda qolishni xohlamadi: rasmiy Bishkek 90 davlatdan boʻlgan fuqarolarga 5 kun ichida roʻyxatdan oʻtish tartibini bekor qilmoqda

TOSHKENT, 14 dek- Sputnik. 2016 yilning 19 dekabr kuni Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi fuqarolari 5 kun muddat ichida davlat idoralarida roʻyxatdan oʻtishdan ozod qilingan davlatlar roʻyxatini tasdiqlaydi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston.

Taʼkidlanishicha, Jogʻorgʻu Kenesh tomonidan Qirgʻizistonning "Tashqi migratsiya toʻgʻrisida"gi qonuniga joriy yilning 5 noyabr kuni tuzatishlar kiritilgan. Qonunda Qirgʻizistonga 5 kundan ortiq muddatga kelgan chet el fuqarolari uchun davlat idoralarida roʻyxatdan oʻtish tartibi shart etib belgilangan. Xabarda yozilishicha, bu holat turizm sohasidagi tadbirkorlarni qattiq gʻazablantirgan.

Sputnik Qirgʻiziston nashrida yozilishicha, yangi qonun tashqi migratsiya sohasida hukumat vakolatlarini ham ancha kengaytirgan. Bu — qaror samaradorligini oshirish maqsadida qilingani taʼkidlanmoqda.

18 noyabr kuni jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan qonun boʻyicha rasmiy Bishkek: Ukraina, Qozogʻiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Rossiya, AQSH, Frantsiya va boshqa davlatlardan boʻlgan fuqarolarga roʻyxatdan oʻtishni rasman bekor qilmoqchi.

Teglar:
Joʻqorgʻi Kenesh, 2016 yil, registratsiya, roʻyxatdan oʻtishni bekor qildi, migratsiya, Bishkek, Qirgʻiziston

Asosiy mavzular