21:53 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
14022

"Qozogʻiston - prezidentlik boshqaruvidagi mamlakat va shundayligicha qoladi", - deya bayonot qildi Nazarboyev

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. "Maxsus komissiya prezident, parlament va hukumat oʻrtasidagi vakolatlarni qayta taqsimlash masalasini koʻrib chiqishi kerak", deb taʼkidladi Nursulton Nazarboyev payshanba kuni mamlakat mustaqilligining 25-yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda soʻzlagan nutqida.

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev, arxiv surat
© Sputnik / Mikhail Voskresenskiy
"Prezident, hukumat va parlament oʻrtasidagi vakolatlarni qayta taqsimlash masalasini koʻrib chiqish vaqti keldi. Bu bilan maxsus komissiya shugʻullanishi kerak", — dedi Nazarboyev oʻz nutqida.

Shu bilan birga u, "Qozogʻiston prezidentlik boshqaruvidagi mamlakat ekani va shunday boʻlib qolajagini" taʼkidladi.

Prezident soʻzlariga koʻra, "komissiya bu masalalarni oʻrganib chiqib, tegishli qonunlar, va balki, konstitutsiyaga kiritiladigan oʻzgartirishlar boʻyicha oʻz taklifini kiritishi lozim".

Nazarboyev, shuningdek, Qozogʻiston oldida turgan asosiy maqsad haqida ham gapirib oʻtdi. Prezident soʻzlariga koʻra, Qozogʻiston 2050 yilga qadar dunyoning eng rivojlangan 30 davlati qatoridan oʻrin oladi.

"Men atayotgan gaplar — utopiya emas. "Qozogʻiston-2030" dasturini qabul qilayotganimizda ham u xomxayol, deb oʻylagan  edik. Ammo biz ushbu dasturni ikki marta qisqa muddatda, 15 yil ichida bajardik.Bu nimaning natijasi bilasizmi — biz koʻrpamizga qarab oyoq tsuzatadigan davlatmiz", — deb bayonot qildi qozoq rahbari.

Teglar:
Mustaqillikning 25 yilligi, qonun, komissiya, vakolat, prezident, Nursulton Nazarboyev, Qozogʻiston

Asosiy mavzular