18:12 21 Aprel 2018
Efir
AQSH prezidenti Barak Obama, arxiv surat

Obama saylovlarga "aralashgani uchun" Rossiyadan oʻch olishga soʻz berdi

REUTERS / Kevin Lamarque
Dunyoda
Havola olish
121152

Obamaga koʻra, Moskva tomonidan uyushtirilgan kiber-hujumlar demokratchi Xillari Klintonning saylovoldi kampaniyasiga katta taʼsir koʻrsatgan, u uchun jiddiy muammolar tugʻdirgan

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Barak Obama AQShdagi saylovlarga "taʼsir oʻtkazgani uchun" Vashington Rossiyaga nisbatan choralar koʻrishini maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Obamaning aytishicha, "u yoki bu davlat hukumati Amerikadagi saylovlarning haqqoniyligiga taʼsir oʻtkazishga urinayotgan boʻlsa", u holda, shak-shubhasiz bunga qarshi chora koʻrish lozim. "AQSH Rossiyaning bu aralashuviga oʻzi tanlagan vaqtda javob qaytaradi", — deb taʼkidladi vakolati tugab borayotgan Oq uy rahbari.

Obama shuningdek, "Janob Putin mening bu boradagi tuygʻularim bilan yaxshi tanish, bu haqda men u bilan yuzma-yuz gaplashganman", — deya qoʻshimcha qilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning oktyabrida AQSH razvedka uyushmasi rasmiy vakillari Amerika saylov tizimiga uyushtirilgan kiber-hujumlar ortida rossiyalik xakerlar turishini maʼlum qilishgan edi.

Shundan soʻng AQSH Markaziy Razvedka Boshqarmasi Moskvani Demokratik partiya serverini buzganlikda aybladi. Bu ish "Donald Trampga prezident boʻlishga yordam berish uchun" amalga oshirilgani taʼkidlandi.

Sal vaqtdan soʻng Oq Uy saylov kuni xakerlar faolligi kuzatilmaganini tan oldi. AQSH Kongressi maxsus xizmatlardan surishtiruv natijalarini ochiqlashni talab qilgan boʻlsa-da, bu ish amalga oshirilmadi.

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp esa Rossiyaning Amerikadagi prezident sayloviga aralashuvi bilan bogʻliq mish-mishlarni "kulgili" deya baholagan.

Teglar:
Obama, Xillari, kiberhujum, xakerlar, saylov, Tramp, Obama, Rossiya, Amerika

Asosiy mavzular