21:26 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
Vladimir Putinning matbuot anjumani (8)
377 0 0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan anʼanaviy katta anjuman 22 dekabr kuni boʻlib oʻtishi kerak edi. Rossiyaning Turkiyadagi oʻldirilgan Elchisi bilan vidolashuv marosimi tufayli matbuot-anjumani bir kun keyinga qoldirildi

TOSHKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning Turkiyadagi Elchisi Andrey Karlovning vidolashuv marosimida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Putinning katta matbuot-anjumani ertasi kunga qoldirildi", — deb xabar qilgan nashrga Putinning matuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Xabarda maʼlum qilinishicha, payshanba kuni Rossiyaning Turkiyada oʻldirilgan elchisi Andrey Karlov bilan vidolashuv marosimi oʻtkazilishi munosabati bilan Vladimir Putin 22 dekabr kuni katta anjumanni oʻtkazmaslik qarorini qabul qilgan.

"Putinning matbuot-anjumani juma kuni, 23 dekabrda 12da boshlanadi", — deya qoʻshimcha qilgan Peskov.

Mavzu:
Vladimir Putinning matbuot anjumani (8)
Teglar:
Rossiya, Vladimir Putin, katta anjuman, Rossiya Elchisi, oʻldirilgan elchi, Anqara, Karlov

Asosiy mavzular