07:51 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
17011

Janubiy Koreyaning eng yirik aviakompaniyasi boʻlmish Korean Air uchuvchilari soʻnggi 11 yil ichida birinchi marotaba 10 kunlik ish tashlashni boshladilar

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Janubiy Koreyada uchuvchilar ish tashlash eʼlon qilganliklari tufayli 220dan ziyod reyslar bekor qilinadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda aytilishicha, Janubiy Koreyaning eng yirik aviakompaniyasi boʻlgan Korean Air uchuvchilari payshanba kuni soʻnggi 11 yil ichida birinchi oʻn kunlik ish tashlashni eʼlon qilishgan. "31 dekabrga qadar 200ga yaqin ichki va 24 yoʻnalishda xalqaro reyslar bekor qilinadi", — deyilgan xabarda.

Nashr xabariga koʻra, payshanba kuni 18 yoʻnalishda, shu jumladan xalqaro yoʻnalishlarda ham, reyslar bekor qilingan. Bekor qilingan reyslar yoʻlovchilariga esa uchish vaqtini oʻzgartirish yoki chipta pulining toʻliq qaytarilishi imkoni taqdim etilgan.

Ish tashlash kasaba uyushmalari vakillari va Korean Air kompaniyasi rahbariyati oʻrtasida uchuvchilarning maoshini 34%ga koʻtarish borasida oʻtkazilgan muzokaralar omadsiz yakun topganidan soʻng eʼlon qilingan. Shu bilan birga, Korean Air ayni damda "ish tashlash tufayli yuzaga kelgan noqulayliklarni imkon qadar kamaytirish ustida" ishlayotganini maʼlum qilgan.

Teglar:
reyslar bekor qilinishi, aeroport, Janubiy Koreya, ish tashlash, samolyot

Asosiy mavzular