22:42 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
321661

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon anʼanaviy tarzda parlamentga maktub yoʻlladi. Rahmon oʻz murojaatida mamlakat tashqi va ichki siyosatidagi asosiy yoʻnalishlarni belgilagan hamda Tojikiston oldidagi eng ustuvor maqsadlar haqida toʻxtalib oʻtgan

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Tojikiston prezidenti oʻz nutqi avvalida mamlakat rivojlanishning yangi bosqichiga chiqayotganini taʼkidlab oʻtgan.

Rustam Azimov
© Sputnik / Aleksey Danichev
"Mamlakatimizning 25 yillik Mustaqilligi davrida mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishida muhim muvaffaqiyatlarga erishdik. Biz mustaqilligimizni koʻz qorachigʻiday asraymiz. U bizga juda qimmatga tushdi", — deya taʼkidlagan Emomali Rahmon.

Tojikiston rahbari 1997 yildan keyin hukumat tomonidan qabul qilingan ilk dastur mamlakat iqtisodiyotini  tiklashga yoʻnaltirilganini eslatib oʻtdi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.

"Bizning hatti-harakatlarimiz uchta maqsadga erishishga yoʻnaltirilgan: biz eng avvalo energetika sohasida mustaqil boʻlmogʻimiz, transport qamalidan chiqishimiz va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashimiz darkor", — deya bayonot qilgan Rahmon. Tojikiston prezidenti 2030 yilgacha mamlakat milliy taraqqiyot dasturida shular keltirilib oʻtganini qoʻshimcha qilgan.

Energetika sohasida mustaqillik

Tojikiston uch yildan keyin energetika sohasida mustaqillikka erishadi, deb bayonot qilgan mamlakat prezidenti.

"Yangi energetika quvvatlari kiritilishi bilan uch yildan soʻng biz energetika sohasida toʻliq mustaqillikka erishamiz", — deb taʼkidlagan u.

Joriy yilning 29 oktyabr kuni Tojikiston Vaxsh daryosi oʻzanini toʻsib, Rogʻun GESi qurilishini boshlab yubordi.  Dambaning ilk agregati 2018 yil oxiriga kelib ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu tadbirda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon shaxsan ishtirok etgan: "Millat yetakchisi Emomali Rahmon shaxsan buldozer ruli qarshisiga oʻtirgan va ertalab 10.00dan 11.30ga qadar, yaʼni bir yarim soat davomida Vaxsh daryosi oʻzaniga tosh toʻkkan".

Tashqi siyosat

Tojikiston prezidenti parlamentga yoʻllagan maktubida mamlakat tashqi siyosat bobida "ochiq eshiklar" tamoyiliga sodiq qolishini maʼlum qilgan.

"Aynan shu siyosat tufayli respublika bugungi kunda dunyoda oʻzining munosib oʻrnini egallab turibdi", — deya izoh bergan Emomali.

Rahmon Tojikiston tashqi siyosatidagi asosiy maqsadlar oʻzgarishsiz qolishini aytgan va bu siyosat eng avvalo Tojikiston milliy manfaatlarini himoya qilishga qaratilganini qoʻshimcha qilgan.

"Tojikiston dunyodagi barcha davlatlar bilan teng, uzoq muddatli va oʻzaro manfaatli munosabat qurish tarafdori", — deb aytgan u.

Teglar:
korruptsiya, Dushanbe, energetika, bank, Tojikiston, Rogʻun GESi, Emomali Rahmon, Tojikiston

Asosiy mavzular