10:29 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
27711

Rossiya va Tojikiston Transport vazirliklari amaldorlari "Yamal" aviakompaniyasining Tojikistonga amalga oshirishi kerak boʻlgan reyslari borasida kelishuv imzolay olmadilar. Bunga javoban Rossiya Tojikistonning "Somon Eyr" aviakompaniyasiga 23 dekabr 00.00dan boshlab oʻz shaharlariga aviatashuvlarni amalga oshirishni taʼqiqladi

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiya va Tojikiston Transport vazirligi vakillarining Moskva shahrida oʻtkazilgan muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Xabarga koʻra, endilikda Rossiyaning "Yamal" aviakompaniyasi samolyotlari "Jukovskiy" aeroportidan Tojikistonga parvozlarni amalga oshirmaydi. Tojikiston hukumati bunga Rossiya tomonning parvozlardagi tenglik kelishuvini buzganini sabab qilib koʻrsatmoqda.

Tojikistonning bu harakatiga javoban Rossiya "Somon Eyr" aviakompaniyasiga Rossiya shaharlariga parvozlarni amalga oshirishni taʼqiqladi. Ammo ushbu taʼqiq Moskva va Sankt-peterburg shaharlariga amal qilmaydi.

Sputnik Tojikiston xabariga koʻra, bugun Tojikiston Trasport vazirligining bir guruh delegatsiyasi Moskvaga tashrif buyurgan. Ular Moskva tomonga ushbu nizoda oʻz pozitsiyalarini tushuntirmoqchi, deb yozgan nashr.

Ilgariroq, agar Tojikiston "Yamal"ga aviareyslarni amalga oshirishga ruxsat bermasa, Rossiya 22 dekabrdan boshlab "Somon Eyr"ga oʻz shaharlariga aviaparvozlarni amalga oshirishni taʼqiqlashi haqida xabar berilgan edi.

Maʼlumotlarga koʻra, 22 dekabrga oʻtar kechasi ushbu taʼqiq oʻz kuchiga kirishi kerak edi, ammo Tojikiston hukumati "Yamal" chipta xarid qilgan yoʻlovchilarni mamlakatga yetkazishi uchun kompaniyaga bitta reysni amalga oshirishga ruxsat bergan.

Xabarda aytilishicha, "Yamal" hali Tojikistonga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat olmay turib chiptalar sotuvini yoʻlga qoʻyganligi Tojikiston hukumatining keskin noroziligini keltirib chiqargan.

"Bugun oqshomga qadar, balki erta ertalabgacha parvozlarga qoʻyilgan taʼqiq, ehtimol, olib tashlanar. Axir bundan oʻz vataniga qaytish imkonidan mahrum boʻlgan yuz minglab migrantlar zarar koʻrmoqda", — deb yozadi nashr.

Ayni vaqtda Tojikistondan Rossiyaga faqat bitta kompaniya parvozlarni amalga oshirmoqda — bu "Tojik Eyr" davlat aviakompaniyasi.

Teglar:
Tojikiston havo yoʻllari, Somon Eyr, aviaparvozlar toʻxtatildi, samolyot, Rossiya, Tojikiston, Rossiya

Asosiy mavzular