21:34 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
863 0 0

Rossiya Tojikistonning "Somon Eyr" aviakompaniyasiga reyslarni amalga oshirishni taʼqiqlagach, Tojikiston bunga javoban Rossiyaning toʻrt shahridan "Uralskiye avialinii" parvozlarini bekor qildi

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Rasmiy Dushanbe Rossiyaning 4 shahridan "Uralskiye avialinii" reyslarini bekor qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Ilgariroq, Rossiya va Tojikiston Transport vazirliklari vakillari "Yamal" aviakompaniyasining Tojikistonga parvozi borasida aniq kelishuvga bora olmaganliklari uchun, Rossiya Tojikistonning "Somon Eyr" aviakompaniyasiga 23 dekabr 00.00dan boshlab oʻz shaharlariga aviatashuvlarni amalga oshirishni taʼqiqlagani haqida xabar bergan edik.

"Rossiya tomon "Somon Eyr" aviakompaniyasiga qoʻygan chekloviga javoban biz "Uralskiye avialinii" kompaniyasining Krasnodar, Ufa, Chelyabinsk va Krasnoyarchskdan Dushanbega amalga oshiradigan parvozlarini yopmoqdamiz", — deb taʼkidlagan Tojikiston Transport vazirligining Fuqarolik aviatsiyasi departamenti rahbari Yusuf Rahmonov nashrga bergan izohida.

Xabarda aytilishicha, Tojikiston hukumatining qarori Dushanbe vaqti bilan 12.00da kuchga kiradi.

 

Teglar:
aviaparvozlar, reyslar bekor qilinishi, Dushanbe, Rossiya

Asosiy mavzular