15:06 22 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
508880

Musulmonlar anʼanasiga koʻra, ushbu sana Oy taqvimining uchinchi oyi Robi al-avvalning 12-kunida nishonlanadi. U islom dinida eng ulugʻlanadigan oylardan biri hisoblanadi

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Butun dunyo musulmonlari bugun, 23-dekabr kuni Mavlidun-Nabiy, yaʼni Muhammad (s.a.v.) paygʻambarning tugʻilgan kunini nishonlamoqda, deb xabar qilgan Islam Today nashri.

Musulmonlar anʼanasiga koʻra, ushbu sana Oy taqvimining uchinchi oyi Robi al-avvalning 12-kunida nishonlanadi. U islom dinida eng ulugʻlanadigan oylardan biri hisoblanadi.

Taʼkidlanishicha, Muhammad (s.a.v.) paygʻambarning tugʻilgan kuni Robi al-avval oyining birinchi kunidanoq nishonlana boshlaydi. Bu oyda uyga mehmon chaqirish, qarindoshlarga sovgʻalar ulashish, shuningdek, xayriya bilan shugʻullanish va ehtiyojmand kishilarga yordam berish odat boʻlib hisoblanadi.

Teglar:
islom dini, Robbi al-avval, Makka, tugʻilgan kun, Muhammad (s.a.v) paygʻambar, musulmonlar

Asosiy mavzular