22:10 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
28511

AQSH elchixonasi oʻz fuqarolariga jamoat joylardan uzoqroq yurishni, ayniqsa, chet elliklar toʻplanadigan hududlarga bormaslikni maslahat bermoqda

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. AQShning Turkiyadagi elchixonasi Yangi yil bayrami kunlarida oʻz fuqarolarini ogoh boʻlishga daʼvat qilib, xavfsizlik nuqtai-nazaridan ularni ommaviy tadbirlarga bormaslikka hamda jamoat joylaridan uzoqroq yurishga chaqirmoqda, deb xabar qilgan RIA Novosti.

"AQSH diplomatik missiyasi sizlarga shuni eslatib oʻtadiki, ekstremistik guruhlar butun Turkiya boʻylab, shu jumladan, chet ellik fuqarolar koʻpincha toʻplanadigan hududlarga hujum uyushtirishda davom etmoqda. Shu bois, AQSH fuqarolarining ommaviy tadbirlar va yangi yil munosabati bilan uyushtiriladigan yigʻinlarda ishtiroki toʻgʻrisida qabul qilingan ushbu qarorni yodda tutishlaringiz lozim", — deyilgan AQSH elchixonasi rasmiy saytida.

Amerikaliklarga jamoat joylaridan uzoqroq yurish, ayniqsa, chet elliklar toʻplanadigan hududlarga bormaslik tavsiya etilgan.

Oxirgi ikki hafta davomida Turkiyada ikkita yirik terakt sodir etildi (Istanbul va Kayserida). Bu portlashlar uchun javobgarlikni "Qurdiston ozod lochinlari" radikal guruhi oʻz boʻyniga olgan. Minalashtirilgan avtomobillar portlashi oqibatida 58 kishi halok boʻlgan.

Dushanba kuni Anqarada "Rossiya Kaliningraddan to Kamchatkaga qadar sayyoh nigohida" fotokoʻrgazmasi ochilish marosimida Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov otib oʻldirildi. Turkiya hukumati maʼlumotlariga koʻra, qotil — politsiya xodimi Mevlyut Mert Altintash — kuch ishlatish xodimlari tomonidan yoʻq qilingan.

Teglar:
sayyohlar, portlash, terakt, Turkiya, AQSH

Asosiy mavzular