21:54 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
200823

Juma kuni imzolangan qonun Vashington fikricha inson huquqlarini poymol etish va korruptsiyada gumonlangan istalgan davlat fuqarolariga nisbatan sanktsiya kiritish imkonini beradi

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. AQSH prezidenti Barak Obama tomonidan juma kuni imzolangan "2017 yil harbiy sarf-harajatlari toʻgʻrisida"gi qonun "Magnitskiy qonuni"ni butun dunyoga joriy etish imkonini beradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Hujjat AQSH prezidenti nazdida suddan tashqari qotillik, qiynoq, korruptsiya, oʻmaruvchilik hamda xalqaro miqyosda tan olingan inson huquqlarini poymol etganlikda gumonlagan istalgan davlat fuqarosiga nisbatan sanktsiya kiritish imkonini beradi. Sanktsiyalar AQSH nazoratida boʻlishi mumkin boʻlgan mol-mulk yoxud aktivlarni "muzlatib" qoʻyishni nazarda tutadi.

Yangi qonunda Ukraina masalasi hal etilmagunga qadar Moskva bilan harbiy sohada hamkorlik qilish taʼqiqlanishi alohida qayd etilgan.

Hujjatga koʻra, Rossiyani jilovlab turish uchun amerikalik harbiylarga 4 milliarddan ziyod mablagʻ ajratilgan.

Jumladan, 350 million dollar harbiy yordam tariqasida Kiyevga taqdim etilishi aytib oʻtilgan.

Qonunda Qrimni Rossiyaning tarkibiy qismi deb tan oluvchi har qanday harakatlar taʼqiqlanishi aytib oʻtilgan.

Ushbu qonun AQSH tomonidan 2012 yilning 14 dekabrida qabul qilingan "Magnitskiy akti"ning kengaytirilgan shaklidir, deb yozadi nashr.

"Rossiya hukumati, oʻz navbatida "Magnitskiy ishi"ning siyosiy tus olishiga yoʻl qoʻymaslik kerakligi haqida koʻp marotaba taʼkidlaganlar", — deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, soliq bilan bogʻliq maxinatsiyalarda ayblangan va Moskva SIZOsida vafot etgan Hermitage Capital fondi auditori Sergey Magnitskiy nomi bilan atalgan "Magnitskiy roʻyxati" AQSH Moliya vazirligi tomonidan 2013 yilning aprelida eʼlon qilingan. Ushbu roʻyxat qator rossiya fuqarolariga nisbatan vizaga oid hamda iqtisodiy choralar koʻrilishini nazarda tutadi. AQSH Davlat departamenti, shu ish bilan bogʻliq boʻlgan 60 nafar rossiyalik amaldorlarning AQSH banklaridagi mablagʻlarini muzlatib,  ularning mamlakatga kirishini taʼqiqlovchi qonun qabul qilib, uni "Magnitskiy qonuni" deb atagan edi.

Teglar:
bosim, sanktsiya, magnitskiy roʻyxati, Obama, Rossiya

Asosiy mavzular