21:05 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
23811

Kuba respublikasi parlamenti Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroga haykal oʻrnatish, mamlakat maydon va koʻchalariga uning nomini berish yoxud Kastro nomidan tujjorlik faoliyatida foydalanishni taʼqiqlovchi qonunni bir ovozdan qabul qildi

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Kubada koʻchalarga Kastro nomini berish va Fidelga haykal oʻrnatish taʼqiqlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Taʼkidlanishicha, Kuba xalq hukumati milliy assambleyasi (respublika parlamenti) Kuba inqilobi yetakchisi Fidel Kastroga haykal oʻrnatish, mamlakat maydon va koʻchalariga uning nomini berish yoxud Kastro nomidan tujjorlik faoliyatida foydalanishni taʼqiqlovchi qonunni bir ovozdan qabul qilgan.

Qabul qilingan hujjat muqaddimasida taʼkidlanganidek, qonun Fidel Kastro irodasiga mos keladi.

Hujjatga koʻra, Kuba inqilobi yetakchisi nomidan "tashkilotlar, maydonlar, koʻchalar va boshqa jamoat joylarini nomlashda foydalanish taʼqiqlanadi". Qonunda shuningdek, har qanday unvon va mukofotlarga Kastro nomini bernish ham man qilingan.

"Fidel kastro siymosidan monumentlar, byustlar, haykallar va boshqa xotira obʼyektlarini qad roslashda hamda tijorat maqsadlarida foydalanish taʼqiqlanadi" deya qoʻshimcha qilingan qonunda.

Shu bilan bir vaqtda, qabul qilingan qonunchilik loyihasi Komandante siymosidan adabiy asarlarda foydalanishni cheklamaydi.

Cubadebate sayti xabariga koʻra, Fidel Kastro nomi va siymosidan foydalanishni taʼqiqlovchi qonun ayni vaqtda Kubadagi korxonalar, maktablar va universitetlarni bezab turgan Kastro tasvirlangan suratlar va plakatlarga joriy etilmaydi.

Nashr xabariga koʻra, Fidel Kastro nomi faqatgina uning merosini oʻrganish bilan shugʻullanish maqsadida yaratiladigan biron bir tashkilotga berilishi mumkin, xolos.

Teglar:
Fidel Kastro, qonun, Kuba, haykal

Asosiy mavzular