Tojikiston va Rossiya aviakompaniyalari sudlashmoqchi

© RIA NovostiSamolyot
Samolyot - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Tojikiston hukumati Rossiyaning "Yamal" aviakompaniyasiga mamlakatga parvozlarni amalga oshirishni ta’qiqlagan edi. Bunga javoban Moskva Tojikistonning "Somon Eyr" aviakompaniyasiga Rossiyaning qator regionlariga uchishni man qildi

TOShKENT, 29 dek — Sputnik, Lidiya Isamova. Tojikiston aviatsiya rasmiylari Rossiyaning "Yamal" aviakompaniyasi bilan sudlashishga tayyor, "Somon Eyr" kompaniyasi ham Rossiyaga qarshi da’vo qilishi ehtimoldan holi emas, deb aytgan RIA Novosti nashriga Tojikiston transport vaziri Sherali Ganjalzoda.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Tojikiston hukumati Rossiyaning "Yamal" aviakompaniyasiga mamlakatga parvozlarni amalga oshirishni ta’qiqlagan edi. Bunga javoban Moskva Tojikistonning "Somon Eyr" aviakompaniyasiga Rossiyaning qator regionlariga uchishni man qildi.

Uralskie avialinii aviakompaniyasi samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston Rossiya qo‘ygan cheklovga javob qaytardi
Xabarda ta’kidlanishicha, "Jukovskiy aeroportidan Tojikistonga amalga oshiriladigan reyslarning bekor qilinishi tufayli "Yamal" aviakompaniyasi bir qancha zarar ko‘rgan. Yetkazilgan zararni qoplash uchun "Yamal" sudga da’vo qilish niyatida ekanligidan xabar topgan Tojikiston Transport vaziri shunday degan: "Tojikiston aviatsiya rasmiylari sudlashishga tayyor, nega deganda, Rossiya aviakompaniyasining harakatlari qonunga zid edi. Haqiqat biz tomonda, biz noqonuniy harakatlar qilmaganmiz. "Yamal" esa, aksincha, Tojikistonga reyslarni amalga oshirishga ruxsat olmay turib, noqonuniy ravishda chiptalar sotuvini yo‘lga qo‘ygan".

Ganjalzodaga ko‘ra, Tojikiston tomon o‘z aviakompaniyalari haq-huquqini sudda himoyalashga tayyor. "Rossiya tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli "Somon Eyr" aviakompaniyasi Rossiya regionlariga uchish huquqidan mahrum bo‘ldi va buning oqibatida jiddiy moliyaviy yo‘qotishlarni boshdan kechirdi. Shu bois, "Somon-Eyr" ham xuddi shunday da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishi mumkin", — deb qo‘shimcha qilgan Ganjalzoda.

Yangiliklar lentasi
0