07:43 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
25911

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq "ID"ga aloqador Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi Istanbuldagi teraktni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgani aytilgan edi

TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Istanbuldagi tungi klubda amalga oshirilgan terakt uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga oldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Reyter agentligiga tayangan holda.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq "ID"ga aloqador Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi Istanbuldagi teraktni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgani aytilgan edi

Berilayotgan xabarlarga koʻra, 28-31 dekabr kunlari politsiya xizmati Turkiyaning turli shaharlarida IDga aloqador 63 jangarini qoʻlga olgan. Oʻtkazilgan soʻrovlar natijasida ushbu hujumga Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi aloqador boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumot olingan.

Istanbuldagi Reina tungi klubiga qurollangan hujum Yangi yil oqshomida amalga oshirilgan. Kalashnikov atomati bilan qurollangan terrorchi klubni qoʻriqlayotgan politsiyachini otib tashlagan va 700dan ortiq kishi boʻlgan klub binosiga kirib borib u yerdagi olomonga qarata oʻt ochgan.

Teglar:
Istanbul, Islom davlati, terakt

Asosiy mavzular