06:56 21 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
82723

Ilgariroq Istanbul shahridagi tungi klubidagi terakt Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi tomonidan amalga oshirilgan boʻlishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi

TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Turkiya politsiya xizmati Istanbuldagi teraktni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgan shaxs suratini eʼlon qildi.

Bu haqda 2 yanvar kuni CNN Turk telekanali xabar tarqatdi.Teröristin kimliği ile ilgili yeni bilgiler https://t.co/s0yEuEIYqj pic.twitter.com/Qq6Gk9TzRq

​​​​Surat sifati juda yomon, chunki u tashqi kuzatuv kamerasi yordamida olingan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq "ID"ga aloqador Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi Istanbuldagi teraktni amalga oshirganlikda gumon qilinayotgani aytilgan edi

Berilayotgan xabarlarga koʻra, 28-31 dekabr kunlari politsiya xizmati Turkiyaning turli shaharlarida IDga aloqador 63 jangarini qoʻlga olgan. Oʻtkazilgan soʻrovlar natijasida ushbu hujumga Oʻzbekiston yoki Qirgʻiziston fuqarosi aloqador boʻlishi mumkinligi haqida maʼlumot olingan.

Istanbuldagi Reina tungi klubiga qurollangan hujum Yangi yil oqshomida amalga oshirildi. Kalashnikov atomati bilan qurollangan terrorchi klubni qoʻriqlayotgan politsiyachini otib tashlagan va 700dan ortiq kishi boʻlgan klub binosiga kirib borib u yerdagi olomonga qarata oʻt ochgan.

Teglar:
gumondor, terakt, Istanbul, Turkiya

Asosiy mavzular