21:17 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
82721

AQShning prezidentlik vakolati yakunlanib borayotgan 44-rahbari 10 yanvar kuni Chikagoda xayrlashuv nutqi bilan chiqish qilishini aytdi

TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. AQShning prezidentlik vakolati tugab borayotgan prezidenti 10 yanvar kuni Chikagoda xayrlashuv nutqini soʻzlaydi, deb xabar qilingan Oq uy saytida.

"10 yanvar, yaʼni seshanba kuni men oʻz uyimga — Chikagoga qaytib, sizlarning qarshingizda minnatdorlik xayrlashuv nutqim bilan chiqish qilaman", — deyilgan bayonotda.

"Oʻz fikrlarimni endigina yoza boshladim. Ammo men bunga sizlarga oʻz minnatdorchiligimni bildirish imkoniyatidek qarayapman. Soʻnggi sakkiz yil muddat ichida sizlar tufayli mamlakat yaxshi tomonga oʻzgardi, buning uchun minnatdorman. Oʻz nutqimda biz kelajakda qaysi yoʻnalishda harakat qilishimiz kerakligi borasida ham fikrlarimni aytib oʻtaman", — deyilgan Obama bayonotida.

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp inauguratsiyasi 20 yanvar kuni Vashingtondagi Kapitoliy binosi yonida oʻtkaziladi. Tadbirda 2-3 million kishi qatnashishi xabar qilinmoqda.

 

Teglar:
Chikago, xayrlashuv nutqi, Obama, Amerika

Asosiy mavzular