Amerika: "Rossiya bizga hujum qildi"

© Sputnik / Igor Mixalev / Mediabankka o‘tishAQSh bayrog‘i
AQSh bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Biz mamlakatimizga uyushtirilgan kiberhujumlar uchun mas’ul jismoniy shaxslarga qarshi qo‘shimcha sanksiyalarni kiritmoqdamiz", - deya o‘z qarorini izohlashdi AQSh senatorlari

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Bir guruh amerikalik senatorlar Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kiritish to‘g‘risida qonunchilik loyihasini taqdim etdilar, deya xabar qilmoqda RIA Novosti. Nashrda yozilishicha, bu haqda Vashingtonda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanda senator Ben Kardin xabar qilgan.

"Bu Amerika manfaatlariga qarshi ish ko‘radigan Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalarni kirituvchi keng ko‘lamli qonunchilik loyihasidir. Biz hujum ostida qoldik, bizga Rossiya Federatsiyasi hujum qildi. Endilikda bu borada tortishishga hojat qolmadi", — deb ta’kidlagan Kardin.

AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obama saylovlarga "aralashgani uchun" Rossiyadan o‘ch olishga so‘z berdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar — AQSh senati tomonidan kiberhujumlar, Ukraina va Qrim, shuningdek, inson huquqlari buzilishi va korrupsiyalar uchun javobgar deb topilgan jismoniy shaxslarga joriy qilinadi.

"Biz mamlakatimizga uyushtirilgan kiberhujumlar uchun javobgar jismoniy shaxslarga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalarni kiritapmiz. Sanksiyalar tufayli ular eksport bilan shug‘ullanish, AQSh bank tizimidan foydalanish huquqidan mahrum bo‘ladilar", — deb ta’kidlagan Kardin. Senator, shuningdek, qonunchilik loyihasining bir qismi "Ukraina va Gruziyadagi harakatlar" hamda Qrimning Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishiga tegishli, deya aniqlik kiritgan.

Senatorga ko‘ra, sanksiyalar shuningdek, korrupsiya bilan shug‘ullanuvchi hamda soxta xabarlarni o‘z "qurol"iga aylantirganlarga qarshi yo‘naltiriladi.

AQSh ushbu moddalar bo‘yicha aybdor deb topgan jismoniy shaxslarga nisbatan viza tartibini bekor qilib, bank tizimini boklashi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Yangi qonunloyihasiga ko‘ra, Kongress jismoniy shaxslarni mustaqil ravishda sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

"Yangi saylangan AQSh prezidenti Donald Tramp qanday pozitsiyani yoqlashidan qat’iy nazar Kongress Rossiyaning "Ukraina va Suriyadagi harakatlarining oldini olishi shart", — deb ta’kidlagan senator Jon Makkeyn.

AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti "Magnitskiy qonuni"ni butun dunyoga joriy qildi
Qonunchilik loyihasi ikkala partiya vakillari — respublikachi Makkeyn va demokrat Kardin hamda Robert Menendeslar tomonidan tayyorlangan. Hujjat qonuniy kuchga kirishi uchun Kongressning ikkala palatalari tomonidan qabul qilinishi va prezident unga imzo chekishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oltinchi yanvar kuni Amerika maxsus xizmatlari maxsus bayonnoma e’lon qilib, unda Rossiyani AQShdagi preziyentlik saylovlarida aralashganlikda ayblagan edilar. Ammo ular bu ayblovlarga dalil keltirmadilar. Maxsus xizmat buni "ma’lumot o‘ta maxfiyligi" bilan izohladi.

Rasmiy Kreml Vashington tomonidan qo‘yilayotgan ayblovlarni to‘liq rad etib kelmoqda. Bir kun avval Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov AQSh maxsus xizmatlari bayonnomasi asossiz ayblovlardan iborat ekanligini va Moskva bu ayblovlardan "charchaganini" aytdi.

Yangiliklar lentasi
0