06:48 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
29621

"Sen men uchun oʻrnakka loyiq inson eding, sen meni sen bilan faxrlanishga majbur qilding va sen bilan butun mamlakat faxrlandi", - dedi Obama rafiqasiga qarab Chikagodagi xayrlashuv nutqida

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Oʻzining ikkinchi prezidentlik muddatini yakunlayotgan AQSH prezidenti Barak Obama Chikagoda soʻzlagan vidolashuv nutqida rafiqasi Mishel u uchun oʻrnakka loyiq insonligini, ayolining doʻstona munosabatini juda ham qadrlashini aytib oʻtdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Sen men uchun oʻrnakka loyiq inson eding, sen meni sen bilan faxrlanishga majbur qilding va sen bilan butun mamlakat faxrlandi", — dedi Obama rafiqasiga qarab Chikagodagi xayrlashuv nutqida. Barak Obama AQShning yangi prezidenti oʻz vakolatlarini qabul qilgan kun — 20 yanvar sanasida prezidentlik faoliyatiga yakun yasaydi.

"Mishel Obama haqida gapirar ekan, Obamaning koʻzlarida yosh qalqdi, Mishel esa oʻzini nihoyatda osuda tutdi", — deb yozgan nashr. "Soʻnggi 25 yil davomida sen menga rafiqa, farzandlarimga ona, eng asosiysi esa menga doʻst boʻlding", — deb aytgan Obama. Kuzatuvchilar Obama prezidentligining ikki muddatida ham, yaʼni sakkiz yil davomida Oq uy hayoti janjallardan xoli, osuda kechganini eʼtirof etishmoqda.

Rafiqasiga minnatdorlik bildirgan Obama zalda oʻtirgan 18 yashar qizi Maliyaga murojaat qilgan. "Hayotimda sodir etgan hamma harakatlarimdan ham koʻra, men oʻz qizlarimning otasi ekanligimdan koʻproq faxrlanaman", — deb taʼkidlagan AQSH prezidenti qizlari haqida toʻxtalar ekan. Obamaning kenja qizi — Sasha zalda koʻrinmagan.

AQSH vitse-prezidenti Jo Baydenga yuzlanar ekan, Obama Jo shu yillar mobaynida unga akasidek boʻlib qolganini eʼtirof etgan. "Kabinetda qabul qilgan ilk qarorim — sen toʻgʻringdagi tayinlov edi va u eng yaxshi qaror boʻlgan", — degan Obama oʻz vitse-prezidenti toʻgʻrisida.

Teglar:
Chikago, AQSH, Barak Obama

Asosiy mavzular