06:02 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Dunyoda
Havola olish
59101

"Tolibon" harakati jangarilari oʻzlarida asirda saqlanayotgan amerikalik professor murojaati yozilgan videoni eʼlon qildi

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Tolibon harakati tomonidan ushlab turilgan professor AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampdan yordam soʻragan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Guardian gazetasiga tayangan holda.

Amerikalik 60 yashar Kevin King va uning 48 yashar hamkasbi Jon Uiks besh oy avval Qobulda, Afgʻonistondagi Amerika universiteti boʻlinmasi oldida oʻgʻirlab ketilgan edi. Jangarilar asirdagi Kevin King murojaatini chorshanba kuni YouTube videoxostingida eʼlon qilgan. Videoda King jangarilar Amerika hukumatiga qoʻyayotgan shartlarni aytgan. "King Amerika hukumati asirlar evaziga bir nechta "askarlar" qoʻyib yuborilishi kerakligini maʼlum qilgan", — deb yozgan nashr.

"Donald Tramp, sizdan iltimos qilaman, hammasi sizning qoʻlingizda. Iltimos, toliblar bilan muzokaraga kirishing", — deyilgan videomurojaatda. Kingning soʻzlariga koʻra, aks holda toliblar asirlarni oʻldirishi mumkin.

"King aks ettirilgan video uning tirikligining yagona isboti boʻlib qolmoqda. U 2016 yilning avgustida bedarak yoʻqolgan edi", — deb xabar qilgan nashr.

Teglar:
videomurojaat, jangari, tolibon

Asosiy mavzular