17:37 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Dunyoda
Havola olish
14610

Xabarda taʼkidlanishicha, qidiruvdagi shaxs transport haydovchisi va yoʻlovchilar bilan birgalikda chegarani kesib oʻtishga harakat qilsa, yuzni tanishga moslashtirilgan yangi tizim shaxsni identifikatsiya qiladi

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Turkiya hukumati mamlakat chegara-nazorat punktlari xavfsizligi darajasini oshirish maqsadida shaxs yuzini tanuvchi tizimlarni oʻrnatmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Nashrga koʻra, bu haqda Turkiya bojxona va savdo vaziri Byulent Tyufenkchi bayonot qilgan.

"Agar qidiruvdagi shaxs transport haydovchisi va yoʻlovchilar bilan birgalikda chegarani kesib oʻtishga harakat qilsa, yuzni tanishga moslashtirilgan yangi tizim shaxsni identifikatsiya qiladi. Bu innovatsiya xalqaro terrorchilik va jinoyatchilikka qarshi kurashishga muhim hissa qoʻshadi", — deb taʼkidlagan Tyufenkchi Anadolu agentligiga bergan intervyusida.

Vazirning soʻzlariga qaraganda, Turkiya chegarasini kesib oʻtayotgan shaxslarning suratlari politsiya Bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tuzilgan maʼlumotlar bazasiga kiritiladi. "Bu jinoyatchilarni kelajakda javobgarlikka tortish uchun asos yaratib, nolegal migratsiya, kontrabanda, shu jumladan, qurol va giyohvand moddalar, odam savdosi kabi jinoyatlarga qarshi yanada samarali kurash olib borishga yordam beradi", — deb qoʻshimcha qilgan Tyufenkchi.

Vazirning soʻzlariga koʻra, shaxslarning yuzlarini tanuvchi yangi tizim Turkiyaning Eron, Iroq qv Suriya bilan chegaradosh 11ta nazorat-oʻtkazuv punktlarida oʻrnatilgan.

Teglar:
terrorchi, chegara, Turkiya

Asosiy mavzular