12:02 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Dunyoda
Havola olish
49222

AQShning 43-prezidenti Jorj Bushning qizlari Barbara va Jennalar Barak Obamaning zurriyodlari Maliya va Sashalarga maktub bitdilar. Xatda qizlarga Oq uydan tashqarida kechiriladigan hayotga doir maslahatlar berilgan

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. Opa-singil Bushlar Barak Obamaning qizlariga xat yozdi, deb xabar tarqatmoqda RIA Novosti.

"Endilikda sizlar sobiq prezidentlar farzandlari klubiga aʼzo boʻlishingiz kerak — bu sizlar intilmagan pozitsiya", — deyilgan maktubda.

Qizlar oʻz nomalarida, shuningdek, Oq uyda mehnat qiladigan insonlarni, jumladan, gulchi Nensini unutmaslikka, hamda AQSH Mahfiy xizmati xodimlari bilan aloqalarni saqlab qolishga daʼvat qilishgan.

"Biz Mahfiy xizmat bilan aloqalarni saqlab qolganmiz. Xizmat xodimlari bizning ulgʻayishimiz guvohi boʻlishgan: birinchi uchrashuvlar, unashtiruv marosimi, asal oyi… Hayotda hammasi ham oson kechmasligini bilamiz — sizlar ham, xuddi biz singari bu odamlar tinmay taʼqib qilgan oʻsmir boʻldingiz. Lekin ular sizlar uchun oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygan", — deya taʼkidlaganlar Barbara va Jenna Bush.

Qizlar oʻz maktublarida Obamaning qizlari Oq uy tomonidan qilingan kuchli bosimni boshdan kechirishgani, notanish odamlardan oʻz ota-onalari nomiga yogʻdirilgan tanqidlarni eshitishga majbur boʻlishgani haqida ham aytib oʻtganlar.

20 yanvar kuni AQShning yangi saylangan prezidenti — Donald Trampning inauguratsiyasi boʻlib oʻtadi. Xuddi shu kuni Barak Obama va uning oilasi Oq uyni tark etadilar.

Teglar:
Bush, Donald Tramp, Barak Obama, AQSH

Asosiy mavzular