Erdo‘g‘on terrorchini qo‘lga olgani uchun turk politsiyachilarini qutladi

© AFP / ADEM ALTANTurkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on Istanbuldagi tungi klublarning birida teraktni amalga oshirgan shaxsni qo‘lga olgani uchun turk politsiyachilarini tabrikladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti

TOShKENT, 17 yanv — Sputnik, Alena Palajchenko. Istanbuldagi tungi klubda teraktni amalga oshirgan shaxsni qo‘lga olishgani uchun Turkiya prezidenti turk politsiyachilarini qutladi, deb xabar qilgan RIA Novosti.

Turkiya politsiyachisi, Istanbul, terak sodir etilgan joy - Sputnik O‘zbekiston
Istanbuldagi tungi klubda terakt sodir etgan shaxs o‘z aybiga iqror bo‘ldi
Sal oldin Turkiya Bosh vaziri Binoli Yildirim Istanbulda terrorchining qo‘lga olingani haqida xabar qilgan edi.

"Kuni kecha Reina tungi klubida qonli teraktni amalga oshirgan terrorchi qo‘lga olindi. Hamma odil sudlov doirasida qilgan ishi uchun javob beradi. Jinoyatchini qo‘lga olishda jonbozlik ko‘rsatgan politsiyachilarimiz, razvedka xizmati va xavfsizlik xizmatini tabriklayman", — deb ta’kidlagan Erdo‘g‘on Anqarada sug‘urta kompaniyalari oldida chiqish qilar ekan.

Yangiliklar lentasi
0