21:25 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Dunyoda
Havola olish
50721

Suriya tomon bilan muvofiqlashtirilgan operatsiya Al-Bab aholi yashash punkti yaqinida oʻtkazilmoqda, deb xabar qilgan RIA Novosti

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiya Harbiy Kosmik kuchlari va Turkiya Harbiy Havo kuchlari "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga qarshi hamkorlikdagi ilk havo operatsiyasini amalga oshirmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Nashr xabariga koʻra, bu haqda boʻlib oʻtgan brifing chogʻida Rossiya Havo kuchlari Bosh shtabi operativ boshqarmasi rahbari general-leytenant Sergey Rudskoy xabar qilgan.

Suriya tomon bilan muvofiqlashtirilgan operatsiya Al-Bab aholi punkti yaqinida oʻtkazilmoqda. Havo operatsiyasida Rossiya HKKning toʻqqizta zarba beruvchi samolyotlari — yaʼni toʻrtta Su-24M, toʻrtta Su-25 va bitta Su-34 bombardimonchi samolyoti, hamda Turkiyaning sakkizta — (toʻrtta F-16 va toʻrtta F-4) samolyotlari qatnashmoqda.

Rudskoy bu samolyotlar 36ta obʼyekt boʻyicha zarba berishayotganini maʼlum qilgan. "Zarbalarning barchasi ikkala mamlakat Bosh shtablari va aviatsiya guruhlari liniyalari boʻyicha oldindan kelishib olingan", — degan Rudskoy.

General-leytenantning soʻzlariga koʻra, operatsiyaning ilk natijalari Rossiya va Turkiya guruhlari oʻzaro harakatlari yuqori samara berayotganini namoyish qilgan.

Teglar:
islom davlati, HKK, HHK, Turkiya, Rossiya

Asosiy mavzular