21:25 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
49211

Obamaning soʻzlariga koʻra, endilikda ayollar, lotin-amerikaliklar, iudeylar, hindular va boshqalar AQSH prezidenti boʻla olishlari mumkin

TOSHKENT, 18 yanv — Sputnik. AQSH prezidenti etib ayollar va turli irq vakillari saylanishlari mumkin, deya bayonot qilgan Amerikaning ketayotgan prezidenti Barak Obama.

"Agar biz barcha uchun imkoniyatlarni qoʻllab-quvvatlasak, u holda ayol-prezident, lotin-amerikalik-prezident, iudey-prezident, hindu-prezident va yana boshqa prezidentlarga ega boʻlamiz", — deb aytgan Obama oʻzining Oq uyda boʻlib oʻtgan soʻnggi matbuot-anjumanida.

Obama ayollarning Amerika tarixiga qoʻshgan ulkan hissasi haqida gapirar ekan, 2016-yildagi Olimpiya oʻyinlarini misol keltirgan. "Medallarning yarmidan koʻpini ayollar olib kelishdi. Oʻnlab yillar oldin ayollarga sport bilan shugʻullanish huquqini beruvchi qonunni qabul qilganimiz uchun biz shunday natijaga eishdik", deb taʼkidlagan u.

Obama sarqitdan qolgan "irqchilik va irqiy stereotiplar" hamon mavjudligini ham tan olgan. Uning soʻzlariga koʻra "baʼzan bir-birini tinglash va xalq haqida xuddi xalq singari oʻylash juda ogʻir kechadi".

AQSH prezidenti bularning barchasiga qaramay, ayni damda irqiy munosabatlar ancha yaxshilanganini aytgan. Obama "kelgusi avlodda biz yoki ajdodlarimizga nisbatan bu borada ishonchlari ancha yuqori boʻladi" deya taʼkidlagan.

Teglar:
yangi prezidentlar, AQSH, irqchilik, Obama

Asosiy mavzular