21:30 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
36122

Trampning qasamyod tadbiri boshlanishi bilan Barak Obama Oq uydan koʻchadi

TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Yuzga yaqin xizmatchi xodimlar juma kuni Oq uydan Barak Obamaning yuklarini olib chiqib ketadilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Koʻchish jarayoni xuddi harbiy operatsiyadek amalga oshirilar ekan: Obama yangi saylangan prezident qasamyodiga yoʻl olishi bilan uning yuklari Oq uydan olib chiqib ketiladi. Obamalar oilasi bundan buyogʻiga Vashingtondagi uylarida istiqomat qilishadi.

Nashr xabariga koʻra, Obama koʻchib chiqishi bilan Oq uyga AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning bagajlari olib kiriladi.

Tramp Oʻzbekiston vaqti bilan 22.00da qasamyod qabul qiladi. Xuddi shu vaqtning oʻzida ikki muddat prezidentlik qilgan Obamaning vakolatlari toʻxtatiladi.

Obama Tramp qasamyodi tadbiriga ketish oldidan Oq uydagi xizmatchilar bilan xayrlashadi. Xuddi shu vaqtning oʻzida uydagi sharoit Trampga moslashtirila boshlaydi. Nashrda yozilishicha, sogʻlom hayot tarziga qatʼiy amal qilgan Obamalar oilasi Oval kabinetda olma va bodomlar saqlashgan ekan. Tramp esa fas-fudni xush koʻrgani uchun, endilikda olma oʻrnini chips egallashi aytilmoqda.

Gruzchiki perevozyat veщi semi Baraka Obamы iz Belogo doma
REUTERS / Yuri Gripas
Gruzchiki perevozyat veщi semi Baraka Obamы iz Belogo doma

Bu kabi talablar rahbarlar tomonidan xizmatchilarga oldindan aytiladi.

Oq uy 20 yanvar kunining oʻzidayoq Tramp koʻchib kirishi uchun tayyor holatga keltiriladi.

Teglar:
Vashington, Oq uy, Obama, qasamyod, Tramp

Asosiy mavzular