23:17 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
65823

Oʻtgan yil davomida Tojikistonda 400 nafar terrorchilar qoʻlga olingan. Ular turli ekstremistik guruh va uyushmalarga mansub boʻlgan

TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. Tojikistonda 2016 yil davomida 36ta terrorchilik aktlarining oldi olindi, deya bayonot qilgan Tojikiston Respublikasi IIV rahbari Ramazon Rahimzoda.

Terrorchilar joylardagi mahalliy organlar va ayrim shaxslarga hujum uyushtirishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Tojikiston IIV rahbari teraktlarni rejalashtirganlar "Islom davlati" yoxud "Jabhat-an-Nusra" safiga qoʻshilib ketgan Tojikiston fuqarolari boʻlganini maʼlum qilgan.

Oʻtgan yil davomida Tojikistonda 400 nafar terrorchi qoʻlga olingan. Vazir soʻzlariga koʻra, Suriya va Iroqda jang olib borgan "ID"ning 22 nafar aʼzosi oʻz ixtiyori bilan Tojikistonga qaytib, hukumatga taslim boʻlishgan.

Rahimzoda shuningdek, Tojikiston-Afgʻoniston chegarasida vaziyat ayni vaqtda sokinligini, ammo ular Afgʻoniston hududida terrorchilar toʻplangani haqidagi maʼlumotga egaligini aytib oʻtgan.

"Afgʻoniston hukumati bilan hamkorlikda bu guruhlar Tojikiston hududiga kirib kelmasligi uchun ularning faoliyatini kuzatib bormoqdamiz", — deb taʼkidlagan vazir.

Teglar:
Afgʻoniston, Tojikiston, terakt, ID

Asosiy mavzular