TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp qotilliklar soni keskin oshib ketgani uchun Chikago hukumatiga tanqid bilan yopirildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xabar qilinishicha, AQSH prezidenti shaharni tartibga keltirish uchun, u yerga federallarni yuborishini aytib, tahdid qilgan.
If Chicago doesn't fix the horrible "carnage" going on, 228 shootings in 2017 with 42 killings (up 24% from 2016), I will send in the Feds!
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) 25 yanvarya 2017 g.
"Agar Chikago davom etayotgan hunrezlik — 2017 yilda 228 marotaba oʻt ochish va 42ta oʻlim(2016 yilga nisbatan 24% yuqori) — holatini toʻgʻrilamasa, men u yerga federallarni yuboraman", — deb yozgan Tramp oʻzining Tvitterdagi rasmiy sahifasida.
Oq tanli politsiyachilar afroamerikaliklarga nisbatan koʻrsatayotgan zugʻumlarga qarshi roʻy bergan ommaviy tartibsizlik va mitinglardan soʻng, Chikagoda politsiya rahbari oʻzgargan va shundan soʻng qotilliklar soni keskin oshib ketgan edi, deb eslatib oʻtgan nashr.