15:32 03 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Dunyoda
Havola olish
45912

Qirgʻiziston maxsus xizmati Turkiyadan respublikaga yuqori sifatli soxta dollarlarni yetkazib berib turgan kanalni aniqlab, yoʻq qilishga muvaffaq boʻldi

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Soxta dollarlar Qirgʻiziston respublikasidagi terrorchilar faoliyatini moliyalashtirish uchun yetkazib berib turilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi terrorchilikka qarshi qaratilgan tadbir davomida terrorni qoʻllab-quvvatlash maqsadida soxta dollar ishlab chiqargan, ularni tarqatgan jinoiy guruh faoliyatining oldini oldi", — deb xabar qilgan nashrga Qirgʻiziston milliy xavfsizligi davlat qoʻmitasi matbuot-xizmati.

Qoʻmita xabariga koʻra, tergov davomida soxta dollarlar "yuqori texnologiyada" ishlab chiqarilgani maʼlum boʻlgan.

Qirgʻiziston maxsus xizmati xabariga koʻra, mamlakatga soxta valyutaning olib kirilishi ishiga Istanbulda yashirinib yurgan qirgʻizistonliklar — Mansur Suvanov va Ilyas Sabirovlar aloqador boʻlishi mumkin.

Teglar:
Qirgʻiziston, Turkiya, soxta valyuta, dollar

Asosiy mavzular