02:25 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
60812

Rasmiy Moskva, shuningdek, Interpolning yangi "Soatsoz" loyihasiga qoʻshildi. Loyiha qoʻlbola portlovchi moddalarni tayyorlovchilarga qarshi qaratilgan

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Rossiya hukumati terrorda ayblanayotgan mingdan ziyod odamlarga qidiruv eʼlon qildi, deb xabar qilgan RIA Novosti Rossiya Ichki ishlar vazirligining Interpol Milliy markaziy byurosi rahbari Aleksandr Prokopchukdan olingan maʼlumot asosida.

Xabarda taʼkidlanishicha, Rossiya 2016 yilda Interpolning yangi "Soatsoz" deb nomlangan loyihasiga qoʻshilgan. Loyiha qoʻlbola portlovchi moddalarni tayyorlovchilarga qarshi qaratilgan.

Prokopchuk soʻzlariga koʻra, Interpol bilan hamkorlik huquqni muhofaza qilish organlariga oʻzaro zudlik bilan maʼlumot almashish imkonini bermoqda.

"Kipr Interpol Milliy markazi byurosi bilan hamkorlikda olib borayotgan faoliyatimiz natijasida, teraktlar haqida bir necha bor yolgʻon xabar tarqatgan rossiyalik shaxsi identifikatsiya qilindi. Jinoyatchi Larnaka aeroporti, Armaniston, Qozogʻiston va Belorussiya hukumat organlari obʼyektlarini portlatish bilan tahdid qilgan", — deb aytgan Prokopchuk.

Rossiya Interpol rahbari shuningdek, Interpol keyingi vaqtlarda terrorchilarni internetdan "uzoqlashtirish" ustida olib borilayotgan ishlarga katta eʼtibor qaratayotganini aytib oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, Interpol — dunyodagi eng yirik politsiya uyushmasidir. Soʻnggi vaqtlarda jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi bu xalqaro tashkilot oʻz axborot bazasini kengaytirishga eʼtibor qaratmoqda.

Teglar:
qidiruv, interpol, terror, Rossiya

Asosiy mavzular