13:23 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
841105

Yevropa oʻz atrofida yangi toʻsiqlarni yaratishga harakat qilayotganiga qaramay, u birlashgan boʻlishi darkor, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Oʻz atrofida yangi toʻsiqlarni barpo etishga harakat qilayotganiga qaramay, Yevropa birlashgan boʻlishi darkor, deb aytdi Rossiya prezidenti MGU talabalari bilan uchrashuvi chogʻida.

Putin, shuningdek, dom-daraksiz yoʻqolgan askarlarni qidirish ishlari bilan shugʻullanayotgan talabalarga oʻz minnatdorchiligini bildirgan.

"Sizlar aytmoqchi, dom-daraksiz ketgan insonlarga nisbatan adolat oʻrnatilishi juda muhim. Ular nom-nishonsiz ketmasliklari kerak. Bu ish balki uzoq yillarni, balki, biz oʻylagandan-da koʻproq vaqtni talab etar. Xalq hech qachon unutmasligi lozim. Jangovar harakatlar boʻlib oʻtmoqda, ammo tarix tirik qolganlar tomonidan yoziladi. Tirik qolganlar esa ularga bu imkoniyatni taqdim etganlarni unutmasliklari lozim. Bu oʻta muhim. Shu bois, sizlarga minnatdorchiligimni bildirmoqchiman", — deb aytgan Putin.

Teglar:
Putin, Yevropa, Rossiya

Asosiy mavzular