08:10 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
44241

Savchenkoturli qonuniy, shu jumladan, siyosiy usullar bilan Ukraina prezidentiga qarshi kurashish niyati borligini maʼlum qilgan

TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Ukraina Oliy Radasi deputati Nadejda Savchenko Ukraina yetakchisi Petr Poroshenkoni xalq dushmani, deb atagan. Bu haqda RIA Novosti xalqaro axborot agentligi xabar bergan.

"Mening xalqimga dushman boʻlgan, mening ham dushmanimdir. Harakatlari xalq hayotiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan kishi ham menga — yot. Oddiy xalq biz kundan-kunga yomon yashayapmiz, deb aytyapti. Ha, mening fikrimcha, u (Poroshenko. — tahr.) — xalq dushmani", — deb aytgan Savchenko "Novoye vremya" nashriga bergan intervyusida.

Savchenkoturli qonuniy, shu jumladan, siyosiy usullar bilan Ukraina prezidentiga qarshi kurashish niyati borligini maʼlum qilgan.

Ilgariroq Savchenko Ukrainada mamlakatning amaldagi hukumatiga maqbul boʻlmaganlar yoʻq qilinayotgani haqida maʼlum qilgan edi.

Teglar:
Savchenko, Poroshenko, Ukraina

Asosiy mavzular