11:48 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
91143

Rossiya prezidenti navbatdagi bor kadrlar almashuvi haqida farmon chiqardi. Vladimir Putin imzo chekkan hujjatga asosan 17 nafar general oʻz lavozimidan chetlatildi

TOSHKENT, 2 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya FVV, IIV va Tergov qoʻmitasida faoliyat yuritgan 16 nafar generalni ishdan boʻshatish haqidagi farmonga imzo chekdi.

Generallardan ikki nafari harbiy xizmatdan ketishi maʼlum qilinmoqda.

Putin, shuningdek, Qrim yarim oroliga Kamshilov Oleg Anatolyevichni prokuror etib tayinlagan. 

Yoppasiga kadrlar oʻzgarishi sabablari maʼlum qilinmayapti.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning iyul oyi oxirlarida Rossiya hukumati shov-shuvli kadrlar oʻzgarishini boshdan kechirgan edi. Mamlakat rahbari oʻshanda eng yuqori lavozimlarni egallab turgan 14 nafar amaldorlarni isteʼfoga chiqargan edi.

Teglar:
generallar, Rossiya, Putin

Asosiy mavzular