04:57 01 Dekabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
194223

Tojikistonda soʻnggi yillarda tabiiy ofatlar soni keskin ortib bormoqda, shu jumladan qurbonlar soni ortib, iqtisodiy zararlar miqdori ham oshmoqda

TOSHKENT, 10 fev — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Favqulodda vaziyatlar boʻyicha davlat komissiyasi majlisida ishtirok etdi, deb xabar qilgan Tojikiston Respublikasi prezidenti matbuot-xizmati.

Tojikiston rahbari oʻz chiqishi davomida soʻnggi yillarda mamlakatda tabiiy ofatlar soni keskin oshganligini, shu jumladan qurbonlar soni ortayotgani va iqtisodiy zararlar miqdori oshayotganini taʼkidlab oʻtgan.

Rahmon vazirliklar va turli idoralar rahbarlari va mahalliy hokimiyat vakillari zimmasiga Tojikiston yoʻllaridagi muammolarni bartaraf etish va yoʻl-transport obʼyektlarini qor va koʻchkilardan tozalash vazifasini yuklagan.

Tojikiston rahbari togʻli hududlardan oʻtuvchi avtomagistrallarda yangi himoya qurilmalarini barpo etishni buyurgan va barcha xavfli hududlar mudofaasini kuchaytirish boʻyicha yangi rejalarni ishlab chiqish topshirigʻini bergan.

Mamlakat rahbari olimlarga mamlakat hududidagi muzliklar va koʻllar holatini oʻrganish topshirigʻini bergan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq qor koʻchkisi yuz berishi oqibatida Tojikistonda 7 kishi halok boʻlgandi. Ammo norasmiy xabarlarga qaraganda, tabiiy ofat natijasida 80dan ortiq inson halok boʻlgan.

Bundan tashqari, yuzlab avtomobillar qor ostida qolgan. Qutqaruvchilar 800ga yaqin aholini evakuatsiya qilishgan hamda 50ta yuk va 150ta yengil avtomobilni qor ostidan chiqarishgan.

Joriy yilning 1 fevralida Tojikiston hukumati tabiiy ofatlar sababli xorij mamlakatlaridan koʻmak soʻradi.

Sababi togʻli tumanlardagi aksariyat aholi maskanlari va yoʻllar qor koʻchkilari, suv toshqinlari, togʻ koʻchkilari xavfi ostida qolgan. Tojikiston gidrometeorologiya markazining maʼlum qilishicha, fevralda ham yogʻingarchilik meʼyoridan koʻp boʻlishi kutilmoqda.

Teglar:
Rahmon, yer qimirlashi, qor koʻchkisi, zilzila, Tojikiston

Asosiy mavzular