07:41 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
Koreya yarimorolidagi vaziyat: ziddiyat, kelishuv, tinchlik sari yoʻl (84)
77710

Malayziya aeroportida vafot etgan Kim Chen Nam 2012 yilda oʻz ukasi - Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Indan - uni avf etishini soʻragan, deb bayonot qildi Janubiy Koreya razvedka xizmati

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Kuni kecha Malayziya politsiyasi KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi vafoti haqida xabar tarqatgan edi. Qotillik ikki ayol tomonidan sodir etilgan. Ular qurol sifatida "zaharlangan ignalar"dan foydalanishgani aytilmoqda.

Janubiy Koreya Milliy razvedka boshqarmasi maʼlumotlariga muvofiq, aynan 2012 yilda Kim Chen Namga ilk bor suʼiqasd uyushtirilgan. Ammo u muvaffaqiyatsiz kechgan. Oʻshanda Kim Chen Nam oʻz inisi Kim Chen Inga maktub yozib, undan oʻzini va oilasini avf etishini soʻragan.

"Men va oilamdan jazoni bekor qilishingni xohlayman. Bizning boradigan joyimiz yoʻq, biz qochib qutulishning yagona yoʻli — bu suʼiqasdga qoʻl urish ekanligini bilamiz". Kim Chen Namning oʻz ukasiga yoʻllagan maktubi ehtimoliy matnidan Renxap agentligi iqtibos keltirgan, deb yozadi RIA Novosti.

AQSH hukumati fikricha, Shimoliy Koreya rahbarining akasi Kim Chen Nam Malayziya aeroportida KXDR agentlari tomonidan oʻldirilgan.

Maʼlumot uchun, Janubiy Koreya OAVlari KXDR rahbarining oʻta vahshiyligi haqida muntazam ravishda xabar berib turadi. Misol uchun, 2015 yilning aprelida Renxap agentligi KXDR Oʻrmon xoʻjaligi vaziri mamlakatda oʻrmonzorlarni qayta tiklash rejasini barbod qilgani tufayli qatl qilinganini yozgan edi. Oradan bir oy oʻtib, xuddi shu agentlik Shimoliy Koreya Qurolli kuchlar vaziri Xyon Yon Chxol harbiy tadbir davomida mudrab qolgani uchun pulemyotdan otib tashlangani haqida ommani xabardor qildi.

Mavzu:
Koreya yarimorolidagi vaziyat: ziddiyat, kelishuv, tinchlik sari yoʻl (84)
Teglar:
KXDR, Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya

Asosiy mavzular